Xosiyat Rustamova

Shoir
Xosiyat Rustamova
Tavallud sanasi:
1971 Mart 19

Xosiyat Rustamova so‘zlari haqiqatda rost, dardli va ajabtovur tarzda samimiy, eng muhimi, u mukammallikning cheksizligini anglagan va ijod ilohiy ish ekanligini tushungan ijodkor. Uning deyarli barcha she'rlari, hozirning o‘zida o‘nlab xorijiy tillarga tarjima qilinib, o‘quvchini uyg‘oqlikka, rostgo‘ylikka chorlamoqda.

Tarjimai hol

Xosiyat Rustamova ushbu to‘plamga kirgan eng yosh adiblardan biri. Adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga XX asrning 90-yillari so‘ngida bir qator iste'dodli nihollar bilan kirib kelgan.

Xosiyat Rustamova 1971 yilning 19 mart sanasida Namangan viloyati, Pop tumaninig Olmos qishlog‘ida tavallud topgan. 1988 yili o‘rta maktabni tugatib,

Toshkent Davlat universitetiga (hozirgi Milliy universitet) o‘qishga kirgan. 1993 yilda ushbu oliy dargohni tugatgach, turli gazeta va jurnallarda xizmat qilgan. Uning ilk she'riyati talabalik yillaridayoq, mahalliy matbuotlarda dunyo yuzini ko‘radi. Shoira 2004 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Birinchi kitobi esa 1997 yilda «Osmondagi uy» nomi bilan bosmadan chiqdi. Xosiyat Rustamova she'rlarida ayol qalbining iztirobli onlari ishqiy tuyg‘ularga hamohang tarzda ifodalanadi, yosh shoira she'rlarida fikriy teranlik ilk ijodidayoq o‘quvchini o‘ziga rom eta boshlagan edi. Shundan so‘ng uning «Najot» (2003) va «Rizo» (2004) kitoblari chop etiladi.

Faoliyati

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim to‘g‘ri qayd etganidek, Xosiyatning «so‘zlari haqiqatda rost, dardli va ajabtovur tarzda samimiy, eng muhimi, u mukammallikning cheksizligini anglagan va ijod ilohiy ish ekanligini tushungan ijodkor» sifatida kamolot sari intilmoqda:

Ne ma'no bor so‘nggi yig‘ida,

Ne qayg‘ular baxsh etar davron.

Kel, ko‘zimning ochiqligida -

Senga to‘yib olayin osmon.

Hushlar shoshib boshimdan uchdi,

Ergashtirib olgancha tunni.

O‘tgan umrim esimga tushdi -

Eslatmagin qolgan umrimni...

Bu so‘zning tirikligidan, yurakning uyg‘oqligidan. Shu tufayli bo‘lsa kerak, uning deyarli barcha she'rlari, hozirning o‘zida o‘nlab xorijiy tillarga tarjima qilinib, o‘quvchini uyg‘oqlikka, rostgo‘ylikka chorlamoqda.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/rustamova_xosiyat_
Sayt foyda berdi!
87385 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi